“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tizim-tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolari, takliflari va tashabbuslari bilan yaqindan tanishdi.

 
Ochiqlik tamoyillari asosidagi mazkur muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarining bir qator takliflari hamda yangi g‘oyalarini o‘rtaga tashladilar.
Uchrashuvda bildirilgan barcha tashabbuslar Agentlik rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi aytib o‘tildi.