Bugun Xorazm viloyatida Iqtisodiyot va Sanoat vazirligi hamda Qozog‘iston Savdo va Integratsiya vazirligi hamkorligida “O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasi, sanoat va turizm sohasidagi mintaqaviy biznesning hamkorligi" mavzusidagi 2 chi hududlararo Forum tashkil etildi.
Xalqaro Forum doirasida “O‘zstandart” agentligi va Qozog‘iston Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi.
Imzolangan hamkorlik dasturi asosida tomonlar texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya, akkreditatsiya va muvofiqlikni baholash sohalarida o‘zaro yaqin faoliyatni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.