“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Mehriddin Razzoqovich Abdullayev va “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish” (“O‘zstandart”) agentligi Bosh direktori Dilshod Ne’matovich Sattarov tomonidan "Kelishuv" imzolandi.

Kelishuvga asosan, “O‘zstandart” agentligi mutaxassislari “O‘zbekneftgaz” AJ korxonalaridagi konlarni qidirish, burg‘ilash va ishlatishda, shuningdek, ishlab chiqarishdagi ko‘plab texnologiya bilan yaqindan tanishishadi va normativ hujjatlar to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, xalqaro standartlar joriy etilgan zamonaviy texnologiya talablari asosida uyg‘unlashtiriladi.

Neft va gaz sanoatida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash borasidagi kelishuvga asosan, Agentlik mutaxassislari o‘rganishlar davomida texnik vositalarning qiyoslov muddatini aniqlaydi va o‘lchov vositalarini davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilishida amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Shuningdek, profilaktika tadbirlari davomida o‘rganilgan korxonalarning rahbarlari va mutaxassislari sohaga oid qonun va boshqa normativ hujjatlar bilan tanishtiriladi.


“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati