2020 yilning 21 fevral kuni, Moskva shahrida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash (MGS)ning 2030 yilgacha rivojlanish strategiyasi bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi (videokonferensiyalardan foydalangan holda), Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi, Standartlar byurosi va MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Ukraina va MDH Ijroiya qo‘mitasidan olingan strategiya loyihalari bo‘yicha bildirilgan mulohazalar va takliflarni muhokama qildilar.
Uchrashuv ishtirokchilari MGS 2030 rivojlanish strategiya loyihasiga o‘zgartirishlar kiritish zaruriyati to‘g‘risida kelishib oldilar, shuningdek, kelishuvga erishilgan tahririy hujjatlarni ham o‘z ichiga olgan aniqliklar kiritildi.
Tadbir yakuni bo‘yicha, MGS 2030 rivojlanish strategiyasini 2020 yil iyun oyida MGSning Qirg‘iziston Respublikasi Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tadigan 57-yig‘ilishi doirasida tasdiqlashga kelishildi.
MGS 2030 rivojlanish strategiyasini amalga oshirish, ushbu Bitimga a’zo mamlakatlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga, standartlashtirish, metrologiya, akkreditatsiya va muvofiqlikni baxolash sohasida samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
MGS 2030 rivojlanish strategiyasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun bu yerni bosing: http://easc.by/