O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC)ning “Sheriklik plyus dasturi”ga a’zo bo‘ldi.
Dasturga a’zo bo‘lish natijasida, Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC)dan elektrotexnika mahsulotlariga oid qo‘shimcha 200ta bepul xalqaro standartlar olish va keng foydalanish imkoniyati yaratildi. Joriy yilning 19 fevral kuni Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasidan 74 ta IEC xalqaro standartlari olindi.
Ushbu xalqaro standartlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga elektrotexnika mahsulotlarini IEC standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ularni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirishga xizmat qiladi.
IEC standartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Agentlik xuzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti“ davlat muassasasi (Standartlar instituti)ga murojaat qilishingiz mumkin.