“O‘zstandart” agentligi rahbariyati va  Turk standartlari instituti (TSE) bosh kotibi o‘rinbosari Etxam Kaya  o‘rtasida manfaatli  uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  

Uchrashuvda O‘zekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 5-yig‘ilishi doirasida uchrashuvi va Standartlashtirish bo‘yicha mintaqalararo Uyushmasi (MAS), Strategiya  va biznesni rivojlantirish kengashining

5-yig‘ilishidagi masalalar, xususan “O‘zbek Turk Test markazi” qo‘shma korxonasining engil sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyasiga investitsiya jalb qilish, “O‘zbek Turk Test markazi”ning engil sanoat mahsulotlarining sinovlarini o‘tkazish laboratoriyasini modernizatsiya qilish va xodimlarining malakasini oshirish, laboratoriyalarni qurish va ishga tushirish, standartlashtirish sohasini rivojlantiishda Turkiya ekspertlarini jalb qilish masalalari atroflicha muhokama etildi.