Respublikada tarmoqlarni sifatli metallprokat maxsuloti bilan ta’minlash, hamda qora metall prokatiga yagona talabni belgilash maqsadida, «O‘zstandart» agentligining 2020 yil 7 fevraldagi MTR.010:2020 – son buyrug‘i bilan «Qurilishda qo‘llaniladigan, qora metalldan tayyorlangan metall maxsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida»gi maxsus texnik reglament tasdiqlandi.
Texnik reglament sortli (armatura) prokati va fasonli (qo‘shtavr, shveller, ugolok va maxsus mo‘ljallangan profil) turdagi metallprokat maxsulotlarga xavfsizlik talablarini belgilaydi.
Texnik reglamentda metall maxsulotlariga alohida talablar belgilangan:
kimyoviy tarkibi bo‘yicha zararli aralashmalar;
armaturlangan prokatni tamg‘alashga.
Shuningdek, texnik reglamentda xar bir partiyaga maxsulot to‘g‘risida kerakli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat ilova qilinishi kerak.
Mazkur texnik reglament bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://new.standart.uz/upload/file/tehreglament/spec_tr_010_2020_metalloprodukciya.pdf