2016 yil 17 sentyabr kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida “O‘zstandart” agentligining navbatdan tashqari kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. 
Yig‘ilishda agentlik tizimidagi tashkilot va korxonalarning rahbarlari ishtirok etdilar. Yig‘ilishda asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan joriy yilning 8 sentyabr kuni o‘tkazilgan qo‘shma yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalarning ijrosi muhokama qilindi.

Keyingi yillarda Respublikamizning iqtisodiy salohiyatini oshirishda, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishda va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlarida “O‘zstandart” agentligining munosib hissasi borligi ta’kidlandi. 
Yig‘ilishni “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Qurbonov kirish so‘zi bilan ochib, qo‘shma yig‘ilishda ko‘rilgan masala, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlarini Bosh vazir zimmasiga yuklangani, va mazkur yig‘ilishda mamlakatimizning ertangi taraqqiyotini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlarning mazmun mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Hay’at yig‘ilishi yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqildi.