“O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tgan davr mobaynida 1814 ta sohaga oid masalalarda eksportyor korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, standartlashtirishga oid 507 ta, sertifikatlashtirish 448 ta, metrologiya 243 ta, sifat menejment tizimlari bo‘yicha 239 ta, qadoqlash va yorliqlash 135 ta va boshqa masalalar yuzasidan qilingan murojaatlarga 237 ta amaliy ko‘mak berildi.
Respublikamiz bo‘ylab 293 ta korxonalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksportni amalga oshirishida yaqindan ko‘maklashildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi komissiyasining xalqaro YeEK OON standartlari 69 ta, Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining (FAO/VOZ) “Kodeks Alimentarius” oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari bo‘yicha qabul qilingan 27 ta, Xalqaro ISO tashkilotining 174 ta standartlar jami 470 ta joylardagi ishlab chiqarish va mahalliy eksportyor korxonalarga to‘liq ma’lumotlar yetkazildi.