Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning joriy yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomalarida boshqa sohalar qatori “O‘zstandart” agentligi oldiga ham muhim vazifalar qo‘yildi.
Murojaatnomada 2020 yilda 3 mingga yaqin standartlarni qabul qilish, ularning sonini 10 mingtaga va xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashish darajasini 40 foizga yetkazish belgilab berildi.
Buning uchun “O‘zstandart” agentligi istiqboldagi vazifalarni belgilab oldi. Jumladan, Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi mavjud me’yoriy hujjatlar xatlovdan o‘tkazish, Xalqaro (mintaqaviy, davlatlararo, xorijiy mamlakatlar) 2 900 ta standartlarini qabul qilish hamda bugungi kun talablariga javob bermaydigan, ma’nan eskirgan standartlarni manfaatdor vazirlik va idoralarning takliflari asosida qayta ko‘rib chiqish hamda 1700 tasini bekor qilish ko‘zda tutilgan.
Xatlov natijasida qo‘shimcha 1700 ta xalqaro standartlarni qabul qilish bo‘yicha sohalar bilan birga tarmoq jadvallarini ishlab chiqib tasdiqlash choralari ko‘rildi.