Matbuot anjumanida jurnalistlar uchun 2020 yilning 1 yanvaridan faoliyat boshlagan “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” “UzTest” tizimida mahsulot sifatini aniqlashdagi  o‘zgarishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

Ma’lumki, Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida”gi PQ-4419-sonli qaroriga asosan, 2020 yil 1 yanvardan “O‘zstandart” agentligi tizimidagi Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi o‘rnida, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (“UzTest” o‘z faoliyatini boshladi.

Hozirgi kunda “UzTest”sinov markazi tarkibiga kiruvchi 16 ta hududiy filiallar, 32 ta sinov laboratoriyalari, 5 ta mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari mavjud.

 

“UzTest” qoshida faoliyat yuritayotgan sinov laboratoriyalarining 13 tasi xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, ushbu laboratoriyalar tomonidan rasmiylashtirilgan sinov bayonnomalari asosida, mahsulotlarni MDH davlatlariga eksport qilish imkoniyati mavjud.

O‘tgan 2019 yilda sinov laboratoriyalarni rivojlantirish uchun jami 4,1 mlrd.so‘mlik 38 dona sinov uskunalari bilan birga 4,6 ming Evroga standart namunalar harid qilindi.

Natijada: Umumiy 140 turdagi sinov uslublari o‘zlashtirildi, shundan 69 tasi xalqaro sinov uslublar hisoblanadi.

Shu bilan birga, ayni paytda zarur hisoblangan elektrotexnika va avtotransport vositalarini xavfsizlik parametrlari va elektromagnit moslashuvchanlik bo‘yicha to‘la baholashni ta’minlaydigan sinov bazasini tashkil etish yuzasidan Chexiyaning “EXPORTA” kompaniyasi bilan hamorlikda laboratoriya tashkil etish yuzasidan 4,2 mln.dollar qiymatdagi xalqaro bank kreditlarini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnoma imzolanib, Toshkent viloyatining Piskent tumanida laboratoriya qurish ishlari amalga oshirilmoqda. 2020 yilning avgust oyida laboratoriya foydalanishga topshirilishi ma’lumot sifatida taqdim etildi.

Matbuot anjumani so‘nggida OAV xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.