“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, navbatdagi sayyor qabul Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv Bulug‘ur tumani hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilib, unga tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar va kichik biznes vakillari taklif qilindi. Mazkur uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining matbuot kotibi A. Rasulov va Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazining bo‘lim boshlig‘i Sh. Usmonqulovlar ishtirok etdi.
Shuningdek tadbirda Samarqand viloyati Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va Sinov va sertifikatlashtirish markazining mutaxassislari qatnashib ishtirokchilarning savollariga javob berdilar.