“O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyatini sifat jihatdan yanada rivojlantirish maqsadida bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
- ISO - Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot;
- OIML - Qonunchilik metrologiyasi xalqaro tashkiloti;
- MGS - Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash kengashi;
- MAS - Standartlashtirish bo‘yicha mintaqalararo uyushmasi;
- COOMET - Yevro-Osiyo milliy metrologiya institutlari hamkorligi;
- MEK - Xalqaro elektrotexnika komissiyasi;
2018 – 2019 yillarda
- SMIIC - Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti;
- BIPM - Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi;
- GLOBAL G.A.P - meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtrish tashkiloti nufuzli xalqaro tashkilotlariga a’zo hisoblanadi.
Xalqaro va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha standartlashtirish, metrologiya va muvofiklikni baxolash sohalari 35 ta mamlakat bilan 49 ta bitim va kelishuvlar mavjud bo‘lib, 13 tasi hukumatlararo va 36 tasi idoralararo kelishuvlarni tashkil etadi.