So‘ngi yillarda mamlakatimizda xalqaro tashkilotlar ishtirokida, xususan  xalqaro moliya tuzilmalaridan biri hisoblangan Osiyo Taraqqiyot Banki bilan bir necha loyixalar amalga oshirilmoqda.

 

Joriy yilning  28 yanvarь kuni  Toshkent shahridagi  Miran International  mehmonxonasida Osiyo Taraqqiyot Banki xamkorligi va Frantsiya xalqaro eksperti Frederik Mens ishtirokida  “Oziq-ovqat mahsulotlari  xavfsizligi”  mavzusida treyning seminar bo‘lib o‘tdi.

Oziq ovqat maxsulotlari xavfsizligi bo‘yicha xalqaro ekspert Frederik Mens bugungi kunda  bu soxada ko‘plab ilmiy izlanishlar va tadqiqotlarga olib borilayotganligi, 2019 yilning fevral oyida Addis Abeba shahrida Oziq ovqat xavfsizligi bo‘yicha birinchi xalqaro konferetsiyasi, aprel oyida Jaxon Sog‘liqni Saqlash, Jaxon Savdo Tashkiloti, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti  xamkorligida  xalqaro forum, Rim shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining Mintaqaviy vazirlar konferentsiyasi o‘tkazilgaligini, shu bilan birga so‘nggi yillarda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va  oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qilinayotgan keng ko‘lamli ishlar alohida e’tiborga molikligini  ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etgan “O‘zstandart”  agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘simliklar karantini davlat inspektsiyasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ishtirokchilari tomonidan, bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mamlakat taraqqiyoti va iqtisodiy rivojlanish darajasini belgilovchi muhim omillardan biri ekanligini ta’kidlanib, xukumatimiz tomonidan ushbu soxada so‘ngi 2 yilda bir necha xukumat qarorlari qabul qilingani aytib o‘tildi.

 2018 yil 12 dekabrdagi  PQ 4059 sonli “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida” gi Qaror, 2019 yil

26 iyuldagi PQ 4406-sonli “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” Qaror va joriy yil 16 yanvardagi PF-5303  sonli «Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlar aynan shular jumlasidandir.

Tadbirda dunyo va O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lindi. Bu xorijiy va maxalliy ekspertlarning kelgusidagi tadqiqot ishining yanada mazmunli bo‘lishiga yordam beradi. Anjumanda mavzu yuzasidan turli xil ma’ruzalar tinglandi. Ishtirokchilar o‘rtasida savol-javob va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

                                                                      Xalqaro xamkorlik boshqarmasi