“O‘zstandart” agentligi tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratish va tashkilot standartlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida tashkilot standartlarini ekspertizadan o‘tkazish tadbirkorlik sub’ektlari bilan shartnoma qilinmagan holda amalga oshirilmoqda. O‘tgan yilda jami 450 mln. so‘mlik 590 ta tashkilot standartlari ekspertizadan bepul o‘tkazib berildi.
Agentlik qoshidagi Standartlar instituti tomonidan standartlar ekspertizasi uchun taqdim etilgan 87 ta, jumladan, elektrotexnika mahsulotlariga oid – 39 ta, oziq-ovqat mahsulotlariga oid – 21 ta, qurilish mahsulotlariga oid – 5 ta, vetenariyaga oid – 9 ta, kimyo sanoatiga oid – 7 ta, polimer mahsulotlariga oid – 6 ta tashkilot standartlari (Ts) amalda texnik reglamentlar (UzTR), davlatlaro standartlar (GOST) va davlat standartlari (O‘z DSt) mavjudligi uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadga muvofiq emas deb topildi, bu esa o‘z o‘rnida, bir turdagi mahsulotlarga takrorlanuvchi standartlar ko‘payishini oldi olindi.