Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulotning davlat standartlariga muvofiqligi hamda sinov labaratoriyalaridagi jarayonlar shaffofligini ta’minlash, ushbu sinov laboratoriyalaridagi faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning malakasi, bilim va ko‘nikmalari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Bu sohadagi yetuk mutaxassislar “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlar institutining “Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi” tomonidan o‘qitiladi va tayyorlanadi.

Jumladan, 2019 yilning 15 dekabridan mamlakatimizda muvofiqlikni baholash sohasidagi xalqaro APAC, ILAC, IAF talablariga va ISO/IEC standartlariga asoslangan talablarga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida ISO/IEC 17025:2017 xalqaro standarti bilan aynan o‘xshash bo‘lgan O’z DSt ISO/IEC 17025:2019 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga bo‘lgan umumiy talablar” davlat standarti amal qila boshladi.

Standartlar instituti “Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi”da sinov va metrologik laboratoriyalar xodimlari uchun joriy yilning 3 fevralidan O’z DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti bo‘yicha o‘quv kursi tashkil qilinadi.

O‘quv kursi tinglovchilari quyidagi bilim va malakaga ega bo‘ladilar:

- O’z DSt ISO/IEC 17025:2019 ning eski standartlardan farqli jihatlari;

- laboratoriyalar tomonidan yangi standartga o‘tish rejasini shakllantirish;

- sifat tizimi hujjatlarini ISO/IEC 17025:2019 standarti talablari asosida ishlab chiqish;

- xavf-xatarni (risk) aniqlash, baholash va kamaytirish;

-o‘lchashlar noaniqlingini baholash uchun ISO/IEC 17025:2019 talablari;

-laboratoriyalararo solishtiruv sinovlarida ishtirok etish tartibi;

- verifikatsiya va validatsiya qilish.

Batafsil ma’lumotlar olish uchun quyidagi telefon raqamlariga bog‘lanishingiz mumkin.: (71) 253-85-10; (90) 922-91-88.