Joriy yil 15 yanvarь kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida asosiy uch narsaga – eksport, investitsiya va mahalliylashtirishni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mazkur yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligi zimmasiga tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarga standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida yaqindan ko‘maklashish vazifasi topshirildi.
Muhtaram Prezidentimizning topshiriqlaridan kelib chiqqan holda “O‘zstandart” agentligi tomonidan kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifa belgilab olindi. Birgina standartlashtirish sohasida o‘tgan yildan boshlab tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan va ma’nan eskirgan 2307 ta standartlar amaliyotdan chiqarilib, 2369 tasi qayta ko‘rib chiqildi;
Mahalliy sanoat korxonalarida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Amerika materiallarning sinovlari standartlari tashkilotining (ASTM) 12 mingdan ziyod standartlaridan foydalanishiga imkoniyat yaratildi. Hozirgi kunda Evropa Ittifoqini standartlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha Evropa standartlashtirish tashkiloti bilan muzokaralar olib borilmoqda (15 mingdan ziyod standartlardan foydalanish sharoiti yaratiladi). Bundan tashqari Xalqaro standartlashtirish tashkilotining (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasining (MEK), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Evropa Iqtisodiyot Komissiyasining (EEK OON), davlatlararo (GOST) standarlarini, hamda xorijiy mamlakatlarning (Rossiya, Frantsiya, Germaniya) milliy standartlarini qo‘llash imkoniyatlari yaratiladi.