“UzTest” sinov markazining Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi tomonidan mamlakatimizdagi eksportyor korxonalariga xalqaro standartlarni joriy etish borasida amaliy yordam berib kelinmoqda.
Byuro tomonidan hududlardagi 82 ta mayiz mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarni zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish maqsadida CODEX STAN 67-1981 “Стандарт на изюм”, ГОСТ 6882-88 “Виноград сушеный. Технические условия.” standartlari bilan bepul ta’minlab berildi.
Bunday sayi harakatlardan ko‘zlangan maqsad, ishlab chiqaruvchilarda xalqaro me’yorlar haqidagi tasavvurlarini yanada boyitishga yordam beradi.