“O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tgan yilning o‘zida tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratish va tashkilot standartlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonidagi shaffoflikni ta’minlash maqsadida, tashkilot standartlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lovlarni maxsus jamg‘arma hisobidan to‘lab berilishi hisobiga bepul ekspertiza qilish yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunga qadar tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etilgan 472 mln. so‘mlik 592 ta tashkilot standartlari va ularga o‘zgartirishlarni ekspertiza qilish bepul amalga oshirildi.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab quvvatlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilash maqsadida 912 ta tashkilot standartlari (Ts) o‘rniga 18 ta O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartlari ishlab chiqildi va amalga kiritildi.