“O‘zstandart” agentligi yangi yilning ilk matbuot anjumanida  “Muvofiqlikni baholash sohasida amalga oshirilgan islohotlar samaradorligi hamda 2020 yildagi istiqbolli vazifalari” yuzasidan ma’lumot berildi.

 

Matbuot anjumanida ta’kidlab o‘tilganidek, “O‘zstandart” agentligi tizimidagi Akkreditatsiya markazining soha bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forum (IAF) kabi xalqaro akkreditatsiya tashkilotlariga to‘laqonli a’zo sifatida kirishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazish milliy tizimini yanada takomillashtirish jarayoniga xorijiy mutaxassislar, xalqaro ekspertlar — Turkiyadan Atakan Bashturk va Germaniyadan Manfred Kindler jalb qilinib, ular Yurtimizda akkreditatsiya markazining xalqaro tan olinishiga tayyorlash ishlari, shuningdek strategik, ma’muriy, texnik, shuningdek xorijiy sheriklar bilan tashqi aloqalar darajalaridagi tadbirlar majmuini hisobga oluvchi ILAC va IAF orqali akkreditatsiya bo‘yicha o‘zaro tan olinishiga erishish ishlarini olib borilayotgani aytildi.

Matbuot anjumani nohoyasida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.