Standartlar institutida ommaviy axborot vositalari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda Muvofiqlikni baholash sohasidagi samaradorlikni oshirish hamda standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlarining texnik qo‘mitalariga a’zo bo‘lishning ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Unda o‘tgan davrda institut tomonidan amalga oshirilgan keng doiradagi faoliyat va joriy yildagi reja va vazifalar haqida institut direktori G‘.G‘oziyev to‘liq ma’lumot berdi.
Jumladan, hozirgi kunda standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar fondida 34713 ta amaldagi standartlar mavjud bo‘lib, shulardan 8107 tasi xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirilgan.
O‘tgan yilda 2796 ta standartlar qabul qilinib, shundan 2744 tasi (98,1 foizi) xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan. 2019 yil 1 yanvar holatiga xalqaro talablar bilan uyg‘unlashgan standartlar soni 3960 tani (10,49 %) tashkil etgan bo‘lsa, islohotlar natijasida yil yakuniga qadar 2200 dan ortiq standartlar qabul qilinib, xalqaro standartlar soni 8107 taga (23,3%) yetkazildi.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratish maqsadida tashkilot standartlarini ekspertizadan o‘tkazish iyun oyidan boshlab bepul amalga oshirib kelinmoqda. Hozirga qadar 450 mln. so‘mlik 590 ta tashkilot standartlari ekspertizadan o‘tkazildi.
Matbuot anjumani so‘ngida jurnalistlarning savollariga javoblar berildi.