Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-son "Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida bir qancha amaliy natijalarga erishildi.
Jumladan, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 2019 yilning 9 oyi davomida 2 982 ta holatda mazkur qarorda belgilangan imtiyozlardan foydalanilib 1 337 mlrd.so‘m xom ashyo va butlovchi qismlar olib kirildi.
Islohotdan oldin, tadbirkorlik sub’ektlari o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelingan texnologik uskunalar va ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini bojxonada turib qolishi natijasida ishlab chiqarish korxonalarini belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini ortga suruvchi omil mavjud edi.
Hozirda tadbirkorlik sub’ektlari bojxona rasmiylashtiruvida bir kun muddatda xalqaro akkreditatsiya qilingan (ILAC va IAF) idoralarining sertifikatlari asosida amalga oshirilmoqda.
Buning natijada tadbirkorning sarflanadigan 4,4 mlrd.so‘m mablag‘lari tejalib, eng asosiysi ushbu butlovchi qismlar ishlab chiqarish jarayoniga qisqa muddatda yetkazib berilishi ta’minlanmoqda.