Globallashuv va oziq-ovqat mahsulotlariga talabning oshishi sharoitida yangi va quritilgan meva va sabzavotlarni yetishtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mintaqasi, an’anaviy bozorlarni diversifikatsiya qilish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yangi bozorlarini egallash bilan bog‘liq murakkab muammolarni hal qilish yo‘lida turibdi. Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish mintaqa uchun ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki bu katta mehnat resurslarini jalb qilish imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini diversifikatsiyalash va yangi bozorlarni egallash bilan bog‘liq islohotlarda asosiy o‘rin xalqaro standartlar qabul qilish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning talablariga mos ravishda qayta yo‘naltirilish hisoblanadi.
Xalqaro standartlar qatorida, birinchi navbatda, Yevropa, AQSh va Osiyoning taniqli jahon bozorlaridan talab qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining marketing va tijorat nazorati bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining (BMT EIK) tijorat standartlari alohida o‘rinni egallaydi. Ta’kidlash joizki, so‘nggi 3 yil ichida Markaziy Osiyo davlatlarining BMT EIK standartlarini joriy etish bo‘yicha hamkorligi ma’lum darajaga etdi.
Mazkur standartlarni mintaqadagi qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, hamda BMT EIK standartlarini ishlab chiqish, qabul qilish va qo‘llashda ularni manfaatlarini himoyalash bo‘yicha kelishilgan harakatlarni amalga oshirish maqsadida bir qator halqaro tashkilotlar, davlat institutlari hamda biznes tashkilotlar tashabbusi bilan “Qishloq ho‘jaligi mahsulotlariga BMT EIK tijorat standartlarini joriy qilish bo‘yicha” O’rta Osiyo mintaqaviy ishchi guruh tashkil etildi.
“O’zstandart” agentligi mutaxassislari ushbu ishchi guruhning ishlarida faol ishtirok etib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar, boshqa vazirlik va idoralar vakillari o‘rtasida muvofiqlashtish ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
Ushbu ishchi guruh doirasida, qabul qilingan BMT EIK standartlariga muvofiq 2019 yilda:
sifat kamchiliklarini aniqlaydigan izohli ko‘rgazmali e’lonlari mintaqaviy darajada ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Mazkur plakatlar mahsulotni yetkazib berishda sifat no‘qsonlarini hamda qo‘yimlari bo‘yicha izohli tushuntirish beradi.