Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan yengil sanoat mahsulotlari va yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi hamda boshqa mahsulotlarni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga eksport qilinishiga erishish maqsadida Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi va “O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi” bilan hamkorlik Kelishuvi imzolandi.
Uchrashuvda Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi tomonidan joriy yilning 11 oyi mobaynida mahalliy korxonalarga 1739 ta, shundan standartlashtirish – 495 ta, metrologiya – 235 ta, sertifikatlashtirish – 424 ta, qadoqlash va yorliqlash – 120 ta, sifat menejment tizimlari masalalari – 232 ta va boshqa masalalarda 233 ta amaliy yordamlar berilganligi ma’lumot sifatida aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, yaqin kelajakda ish faoliyatini boshlaydigan laboratoriyalar kompleksida barcha turdagi mahsulotlar sinovi jahon standartlari bo‘yicha qamrab olinishi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan eksportga chiqariladigan mahsulotlarni to‘siqlarsiz eksport qilinishiga erishilishiga katta zamin yaratishi ta’kidlandi.