Standartlar instituti tomonidan joriy yilning 16-19 dekabrь kunlari Turk standartlari instituti bilan hamkorlikda yana bir o‘quv kurslari tashkil etildi.
Ushbu o‘quv kurslari: ISO 9001 - Sifat menjmenti tizimlari hamda ISO 19011 - Sifat menjmenti tizimlari auditi yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.
Darslarni tajribali turk eksperti Yashar Efendiuglu olib boradi. O‘quv kurslari poytaxtimizda joylashgan “SIMMA” mehmonxonasining konferentsiyalar zalida bo‘lib o‘tadi.