O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan tarozilarning hammasi ham standart talablariga to‘liq javob berayapti deya olmaymiz. Ammo, bunday tarozilarning muomaladan chiqarilishi va respublikamiz hududiga kiritilmasligi ustidan tegishli soha mutahassislari tomonidan zarur chora tadbirlar ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo‘mitasining murojaatiga asosan mamlakatimizga olib kirilayotgan Xitoy XDR da ishlab chiqarigan 5600 dona elektron tarozilardan taqdim etilgan 3 dona “ANLI 777” va “STARLUX 777” turidagi elektron tarozilari O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari tomonidan me’yoriy hujjatlari talablariga binoan qiyoslashdan o‘tkazildi. Qiyoslash natijalariga ko‘ra qo‘llanishga yaroqsiz deb topildi.