SMIIC tashkilotida “Halol Farmatsevtika masalalari” (Technical Committee TC 16 - Halal Pharmaceutical Issues) va “Qo‘l xunarmandchiligi” (Technical Committee TC 17 – Handicraft) bo‘yicha yangi texnik qo‘mitalar tashkil etildi. Ushbu texnik qo‘mitalar Halol yo‘nalishida farmatsevtika va qo‘l hunarmandchiligi tarmoqlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Texnik qo‘mitalar faoliyatida Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya institutining ekspertlari ishtirok etishadi.
“Halol Farmatsevtika masalalari” (Technical Committee TC 16 - Halal Pharmaceutical Issues)texnik qo‘mitasiga Malayziya, “Qo‘l hunarmandchiligi” Technical Committee TC 17 – Handicraft) texnik qo‘mitasiga Misr davlati boshchilik qilishadi.