Joriy yilning 11 dekabr kuni “O’zstandart” agentligida Rossiya Federatsiyasining “Tatneft” kompaniyasi, “O’zkimyosanoat” va “Birinchi rezinotexnika zavodi” vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda shina mahsulotlarini ishlab chiqarish, mahsulot sinovi va uning muvofiqligini baholash, mahsulot sinovi bo‘yicha laboratoriyalar tashkil etish, ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik mavzusiga oid masalalar muhokama etildi.