Xalqaro hamjamiyat tomonidan “Tashkilot va muassasalarda korrupsiyaga qarshi kurash standartlari” qator mamlakatlar tajribalarga tayangan holda ishlab chiqilgan. Bu standart ISO 37001 – “Pora olish va berishga qarshi kurashish menejment tizimi” deb yuritiladi.
Standartlar instituti joriy yilning 10-12 dekabr kunlari mazkur standart bo‘yicha davlat xizmatchilari uchun o‘quv seminarlari tashkil etmoqda.
O‘quv kursida korrupsiya o‘zi nima?, qanday faoliyatlar korrupsiya deb baholanadi, qanday qilib korrupsiyaga aralashib qolinadi, bu muammoni oldini olishda nimalarga e’tibor qaratish kerak kabi qator masalalar ko‘rib chiqiladi.
Kursni “Turksert” (Turkiya) sertifikatlashtirish tashkilotining tajribali ekpertlari olib boradi.