“O‘zstandart” agentligi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining Nanking shahrida, Nanking bozorlarni tartibga solish Administratsiyaci (NJAMR) rabariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda muvofiqlikni baholash sohasidagi faoliyatni takomillashtirish, idoralararo va innovatsion sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish, sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va mahalliy mahsulotlarni xalqaro standartlarga muvofiq baholash orqali savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish masalari muhokama etildi.
Uchrashuv natijasiga ko‘ra, “Bir makon-Bir yo‘l” loyihasi doirasida Agentlik huzuridagi Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi va Nanking bozorlarni tartibga solish Administratsiyaci o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat metrologiya, muvofiqlikni baholash, mahsulotlar sinovi bo‘yicha qo‘shma loyiha dasturlari ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqro standartlarga muvofiq sinov laboratoriyalarini birgalikda tashkil etish, mutaxassis va delegatsiyalar almashuvi, uchrashuv, video-konferentsiya, seminar va simpoziumlar tashkil qilishga xuquqiy asos yaratadi.