“O‘zstandart” agentligi tizimidagi o‘lchash laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va qayta jihozlash maqsadida 51 dona uskunalar xarid qilinib, 53 ta metrologik tekshiruv uslublari joriy qilindi.
Xarid qilingan zamonaviy uskunalar tibbiyot sohasida qo‘llaniladigan 1 050 dona, neft-gaz sanoatida qo‘llaniladigan 1 020 dona hamda oziq-ovqat sanoatida qo‘llaniladigan 250 dona o‘lchash vositalari ustidan metrologik tekshiruvni amalga oshirish imkoniyatini yaratdi. Buning natijasida mazkur sohalarning chet ellarda o‘tkaziladigan metrologik tekshiruvlarga sarflanadigan 7,5 mln. dollar mablag‘lari iqtisod qilinishiga erishildi.