Ommaviy axborot vositalari xodimlari navbatdagi media-tur davomida Sirdaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan “Bek klaster” va “Dehqonobod anori” ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ldilar.

“Bek klaster”da asosan dukkakli mahsulotlar ishlab chiqarilib, Hamdo‘stlik mamlakatlariga eksporti yo‘lga qo‘yilgan. Kelgusida Yevropa davlatlari bozorlariga eksportni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

 

“Dehqonobod anori”da tabiiy anor sharbati tayyorlanadi. Quyoshli o‘lkamizda pishib yetilgan, vitaminlarga boy anorlarimizdan tayyorlanyotgan anor sharbatiga ichki va tashqi bozorlarda ehtiyoj ancha yuqori.

 

“O‘zstandart” agentligi tomonidan tashkil etilgan media-tur davomida, har ikki korxonalarga o‘z mahsulotlarini jahon bozorlarida sotishlari uchun xalqaro sifatni belgilovchi “GLOBALG.A.P.” sertifikati topshirildi.

Shuningdek, mazkur turda Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazining ishlab chiqarish korxonalariga ko‘rsatayotgan amaliy yordami to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.