“O‘zstandart” agentligida Osiyo Taraqqiyot Banki (ADB) hamkorligida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konsultantlar Duglas Birni, Kornelis Soneveld, Iddya Karunasagar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda xalqaro konsultantlar tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mamlakat taraqqiyoti, iqtisodiy va ma’naviy rivojlanish darajasini belgilovchi muhim omillardan ekanligi va barcha davlatlarda iqtisodiy xavfsizlikning ajralmas tarkibiy qismi hisoblangan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarni har tomonlama tahlil qilish va yanada takomillashtirish yuzasidan nazariy va amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish dolzarb vazifa ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Tadbirda xalqaro konsultantlar yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, standartlar va texnik reglamentlar borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi va bu kelgusidagi tadqiqot ishlarini yanada mazmunli bo‘lishiga yordam berishiga umid bildirishdi.
Mazkur uchrashuvning davomi sifati “O‘zstandart”  agentligida xalqaro konsultantlar  va  mamlakatimizdagi oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligiga tegishli vazirlik va idoralar ishtirokida  seminar-treyning bo‘lib o‘tadi.


O‘tkaziladigan tadbirda  oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga oid mavzu yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.