«O‘zstandart» agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, navbatdagi sayyor qabul uchrashuvi joriy yilning 26 avgust kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida bo’lib o’tdi.

Sayyor qabulni Shahrisabz tumani hokimi I. Nusurov kirish so‘zi bilan ochib, hozirgi kunda Respublikamizda kichik biznes vakillari faoliyatiga berilayotgan e’tibor va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirib kelinayotgan keng ko‘lamdagi ishlarga to‘xtalib o’tdi va so’zni “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasi Bosh mutaxassisi J.A. Abduqodirovga berdi.

J.A. Abduqodirov so’zga chiqib, yig’ilganlarni O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yillik bayrami bilan muborakbod etdi so’ngra standartlashtirish, mahsulotlarni sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarida olib borilayotgan ishlar, amaldagi qonunlar va qo’llanilayotgan me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyati xususida gapirib berdi.

Yig’ilishda Shahrisabz tuman hokimligi, “Qashqadaryo standartlashtirish, metrologiya boshqarmasi” hamda “Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasining rahbar va mutaxassis hodimlari, shuningdek Shahrisabz tuman DSB, Shahrisabz tuman DSENM, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining eksportni qo’llab quvvatlash jamg’armasi Qashqadaryo viloyati filiali, Qashqadaryo viloyat o’simliklar karantini inspektsiyasi, Shahrisabz tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, qo’shma korxona, kichik va o’rta biznes sub’yektlarining vakillari qatnashdilar.  

Yig’ilishda ishtirok etganlar  standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalariga oid o’zlarining qiziqtirgan barcha savollariga qoniqarli javoblar oldilar. 

Axborot xizmati