“O‘zstandart” agentligi tomonidan iste’molchilar manfaatlarini ta’minlash maqsadida, mahsulot sifatini baholashning zamonaviy sinov usullarini o‘z ichiga oluvchi xorijiy mamlakatlarning 967 ta standarti joriy qilindi.
Buning natijasida mahsulotlarning sinov bazasini yangilash uchun 7,2 mlrd so‘mlik 111 dona zamonaviy sinov uskunalari hududiy laboratoriyalarda ishga tushirilib, 300 dan ziyod sinov uslublari (69 tasi xalqaro) joriy etildi hamda iste’mol bozoriga sifatsiz bo‘lgan 52 turdagi jami 1 mlrd 905 mln so‘mlik mahsulot kirib kelishining oldi olindi.