Ma’lumki ipakchilikni rivojlantirishda sifatli pilla xomashyosi etishtirish muhim ahamiyatga ega. Bu borada Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti faoliyati ahamiyatga molikdir. Keyingi yillarda institutda 20 dan ortiq istiqbolli tut navlari va yana shuncha ipak qurti zot va duragaylari yaratildi. Hozir yurtimizda boqilayotgan ipak qurtining 55-60 foizi institut olimlari tomonidan yaratilgan.
“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Departament mutaxassislarining institut jamoasi bilan uchrashuvi ham sohani yanada rivojlantirish istiqbollari, tegishli standartlarni qayta ko‘rib chiqish, sohaga xalqaro me’yorlarni joriy qilish orqali eksport salohiyatini yanada oshirish hamda xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy laboratoriya tashkil etish masalalariga bag‘ishlandi. Bunga qadar Departament mutaxassislari tomonidan 44 ta xom ipak ishlab chiqarish korxonalari o‘rganilib, faoliyatni jonlantirish yuzasidan tegishli maslahatlar berilgan edi.
Uchrashuv davomida institut olimlari bilan birgalikda olib boriladigan ishlar borasida kelishib olindi.