Ma’lumki, yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylov jarayonlari davom etmoqda. Saylovlar mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, yaqin va olis istiqbol uchun belgilab olinadigan strategik taraqqiyotning dasturiy vazifalarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazida “Saylovning ahamiyati, ushbu sohadagi qonunchilik hamda unga kiritilgan o‘zgartirishlar” yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zstandart” agentligi yuridik bo‘lim boshlig‘i Sh.O‘rinov ishtirok etib, xodimlarga saylovlarni o‘tkazish va uning ahamiyati, shuningdek bu yilgi saylovlar yangi qabul qilingan saylov kodeksi asosida o‘tkazilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.