“O‘zstandart” agentligi tomonidan amaldagi milliy standartlarni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashganlik darajasini oshirish maqsadida joriy yilda 2,1 mingta xalqaro standartlar qabul qilinib, yil yakuniga qadar 29,3 foizga yetkaziladi.
Jumladan, qurilish va qurilish materiallari sohasida 2019 yil uchun belgilangan 340 ta standartdan o‘tgan davrda 173 tasi qabul qilindi va yil yakuniga qadar 167 tasi qabul qilinib, amaliyotga joriy etiladi.
Elektrotexnika sohasida 229 ta (ISO, IEC, EN), oziq-ovqat sanoati sohasida 158 ta xalqaro standartlar (CODEX STAN, ISO, UNECE, EN) to‘liq qabul qilindi.
Shuningdek, milliy mahsulotlarimizning sifatini va raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida yengil sanoat mahsulotlariga 100 ta, charm mahsulotlariga 60 ta, metallurgiya mahsulotlariga 33 ta xalqaro standartlar qabul qilinmoqda.