“O‘zstandart” agentligida Fransiyaning «Byuro Veritas» (Bureau Veritas) kompaniyasining vitse-prezidenti Marsel Xochar va ushbu kompaniyaning mamlakatimizdagi vakolatxonasi bosh direktori Tugay Karaagach bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda muvofiqlikni baholash, SE mahsulot markirovkasi, mahsulot sinovlari, xorijiy davlatlarning muvofiqlik sertifikatlarini tan olish, ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish, mahsulot sinovi bo‘yicha laboratoriyalar tashkil etish, sifat milliy infrastrukturasini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik mavzusiga oid masalalar muhokama etildi.