Respublikada faoliyat yuritayotgan 1516 ta korxonalarda targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazilib, 337 ta korxonalar standartlar bilan bepul ta’minlandi, 28 ta korxonada xalqaro standartlar joriy etildi. 264 ta qiyoslashdan o‘tmagan o‘lchash vositalari qiyoslandi.
– 836 ta korxonada xalqaro ISO standartlariga muvofiq sifatni boshqarish tizimlari joriy etilib, bunday korxonalar soni 9 497 taga yetkazildi;
(ISO 9001 sifat menejmenti tizimi bo‘yicha – 9047 ta, ISO 14001 ekologik menejment tizimi bo‘yicha – 94 ta, OHSAS 18001 sog‘liq va sanoat xavfsizligi menejmenti tizimi bo‘yicha – 115 ta, ISO 22000 oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimi bo‘yicha – 231 ta, ISO 50001 energiya menejmenti tizimi – 66 ta,
ISO/TS 16949 avtomobil sanoatidagi sifat menejmenti tizimi bo‘yicha – 43 ta, GMP yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha – 22 ta).