Standartlar institutida “O‘zbekiston Respublikasi milliy standartlashtirish tizimi, milliy standartlarni xalqaro standartlari talablari bilan uyg‘unlashtirish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminarni tashkil etishdan maqsad, elektr energetika sohasini tubdan isloh qilish, sohaga xalqaro va mahalliy ekspertlar hamda mutaxassislarni jalb etish, ilg‘or jahon tajribasini hisobga olgan holda elektr energetika ob’ektlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishni texnik boshqarish sohasida qurilish normalari va qoidalarini, standartlarini, me’yoriy hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy ishlarini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Amaliy seminarda Energetika vazirligi vakillari, Fransiyaning “Assystem” kompaniyasi standartlashtiish bo‘yicha ekspertlari Sadi Kimilli, Paskal Betxun, IEC Fransuz Standartlashtirish tashkilotining sobiq bosh direktori, Fransuz elektrotexnika qo‘mitasi bosh kotibi Izabel Heler xonim, va boshqa mas’ullar ishtirok etdilar.

Standartlar instituti

Matbuot xizmati