Milliy mahsulotimizning sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida BMTning Yevropa Iqtisodiyoti Komissiyasi tomonidan 2019 yil 20 noyabrdagi yig‘ilishida ilk bor O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan halqaro standart qabul qilindi.
“O‘zstandart” agentligi quritilgan qovun mahsulotiga sifat talablarini belgilovchi ushbu standartni “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, mahalliy eksportyor korxonalar mutaxassislari hamda halqaro tashkilotlar ko‘magida ishlab chiqilib, amaliyotda sinaldi xamda shu yilning iyun oyida Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Yevropa Iqtisodiyoti Komissiyasida ijobiy qabul qilingan edi.
Ushbu standartni ishlab chiqish halqaro maydonda, jumladan komissiya tarkibidagi AQSh, Germaniya, Turkiya, Eron, Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan har tomonlama ijobiy qabul qilindi.
Bu dunyodagi birinchi xalqaro sifat standarti bo‘lib, quritilgan qovun mahsuloti sifatiga asosiy talablarini, yo‘l qo‘yiladigan minimal nuqsonlarni, sinflanishi, tamg‘alash, qadoqlanishi bo‘yicha aniq talablarni belgilab beradi.
Quritilgan qovun standartini qabul qilinishi avvalom bor eksport geografiyasini kengaytirishga, yangi jozibador eksportbop mahsulotga aylantirishga, mahalliy ishlab chiqaruvchilar doramadlari oshirishga va yangi ish joylarini yaratishga yordam beradi.
Quritilgan qovunning to‘liq standarti bilan http://www.unece.org/trade/agr/standard/dry/ddp-standards.html havola orqali tanishish mumkin.