“O‘zstandart” agentligi doimiy an’anisiga sodiq qolgan holda ommaviy axborot vositalari ishtirokida mediatur nigohini korxonalardagi mahsulot ishlab chiqarish jarayonlariga qaratmoqda. Navbatdagi mediatur O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan, muzlatilgan yarim tayyor kartoshka mahsuloti ishlab chiqaruvchi “Solanuz” korxonasida tashkil etildi.

 

Mediatur davomida OAV xodimlari korxona faoliyati bilan tanishish asnosida, milliy mahsulotlarimizni xalqaro standart talablari asosida ishlab chiqarilayotganiga guvoh bo‘ldilar.

Mazkur korxona o‘z faoliyatida xalqaro sifat tizimlarini keng joriy etish orqali, mahsulot sifatini yanada yaxshilashga erishmoqda.