O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4037-son qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va Fransiya Milliy Metrologiya tashkiloti (LNE) o‘rtasida memorandum imzolandi.
Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida Fransiya Milliy Metrologiya tashkiloti (LNE) bilan imzolangan memorandum Fransiya va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida metrologiya sohasini rivojlanishiga xizmat qiladi.
Mazkur memorandum asosida Fransiyada metrologiya sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishish, birgalikda ilmiy izlanishlarni olib borish,hamkorlikda treyning-seminarlar tashkil etish imkoniyatlari yaratadi.