“O‘zstandart” agentligi tomonidan – 1 214 ta, joriy yil yakuniga qadar jami 2 660 ta yangi standartlar qabul qilinib, ulardan 1 173 tasi halqaro standart, me’yor va qoidalar bilan uyg‘unlashgan, 247 tasi yangi turdagi mahsulotlar, ya’ani oziq-ovqat, elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo texnologiyasi, neft mahsulotlari, temir yo‘l texnikasi va boshqa sohalarda ishlab chiqarish standartlari tashkil etadi.
Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida bozor iqtisodiyoti mexanizmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan va ma’nan eskirgan
30 ta standart amaliyotdan chiqarilib, 132 tasi qayta ko‘rib chiqildi.
Mahalliy sanoat korxonalarida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Amerika materiallar sinovlari standartlari tashkiloti (ASTM)ning 12 mingdan ziyod standartlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.