Joriy yilning 19 noyabr kuni “O‘zstandart” agentligida "Samsung Electronics Co.,Ltd" kompaniyasining O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston vakolatxonasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda "Samsung Electronics Co.,Ltd" kompaniyasi vakillari bilan elektrtexnika maxsulotlarini standartlashtirish, sertifikatlashtirish, maxsulot markirovkasi, energiya samaradorligi, maxsulot sinovlari, xorijiy davlatlarning muvofiqlik sertifikatlarini tan olish, ichki bozorni sifatsiz maxsulotlardan ximoya qilish mavzusiga oid masalalar muxokama etildi.