“O‘zstandart” agentligi tizimidagi mavjud laboratoriyalarni modernizatsiyalash, sinov bazalarini takomillashtirish uchun 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida 4,1 mlrd. so‘mlik 35 dona zamonaviy sinov uskunalari xarid qilindi. Buning natijasida laboratoriyalarda qo‘shimcha 140 dan ziyod sinov usullari amaliyotga joriy etildi.
Yil oxiriga qadar jami 9,5 mlrd.so‘mlik 123 dona uskunalar xarid qilinishi hamda laboratoriyalarda 300 ga yaqin sinov usullari o‘zlashtiriladi va natijada 2019 yilda agentlik tizimidagi Farg‘ona viloyatida oziq-ovqat va Navoiy viloyatida esa elektrotexnika laboratoriyalarni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish imkoniyati yaratildi.