Joriy yilning 12-14 noyabr kunlari Shvetsariya davlatining Jeneva shaxrida Avtotransport qoidalarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha Butunjahon forumining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda dunyoning turli burchaklaridan transport vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning 120dan ortiq vakillari ishtirok etishdi.
Butunjahon forum yig‘ilishi kun tartibiga asosan transport vositalari qoidalarini uyg‘unlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, standartlashtirish va muvofiqlikni baxolash sohalarida faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan 50 dan ortiq masalalar muhokama etildi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi domiy vakolatxonasi ko‘magida BMTning Avtotransport qoidalarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha Butunjahon forumi va “O‘zstandart” agentligi vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.