Joriy yilning 4-8 noyabr kunlari Turkiya davlatining Antaliya shahrida Standartlashtirish bo‘yicha mintaqalararo Uyushmasi (MAS), Strategiya va biznesni rivojlantirish kengashining 5-yig‘ilishi va “Xalol sertifikatlashtirish, ISO/MEK 17025 standarti” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Xalqaro tadbirda 30 dan ortiq davlatlarning standartlashtirish, muvofiqlikni baxolash va akkreditatsiya soxasidagi ekspertlari ishtirok etdi.
O‘tkazilgan tadbirlarda standartlashtirish va muvofiqlikni baxolash sohalarida faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan masalalar, xalol standarti talablari asosida sertifikatlashtirish va sinov jarayonlarini amalga oshirish, sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilishda ISO/MEK 17025 standarti talablari, “HALOL” industriyasi shart va talablarini yaxshi o‘rgangan texnologlar va tibbiyot-sanitariya yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, “Standartlashtirish bo‘yicha mintaqalararo Uyushmasining Sifat bo‘yicha mukofoti” tanloviga oid masalalar muhokama etildi.
Tadbir doirasida Turk standartlari instituti (TSE) bosh kotibi Aykut Kirbash (Aykut KIRBAŞ) va “O‘zstandart” agentligi bosh direktori o‘rinbosari Jasur Shukurov rahbarligidagi delegatsiya a’zolari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Do‘stona va ochiqlik ruhida o‘tgan uchrashuv natijasiga ko‘ra, “O‘zbek Turk Test markazi” qo‘shma korxonasining yengil sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyasiga investitsiya jalb etish, sinov o‘tkazish laboratoriyasini modernizatsiya qilish va xodimlarni malakasini oshirishga kelishildi.