O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi yangi bosqichlarda rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, milliy mahsulotlarimizning sinovlarini takomillashtirish, xalqaro standartlarni keng joriy qilish va hamkorlik asosida zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish yo‘nalishlarida maqsadli loyihalar ustida ish olib borilmoqda.

 

Shu maqsadlarning amaliy natijasida “O’zstandart” agentligi va tizim-tashkilotlari mas’ullaridan iborat ishchi guruh a’zolari joriy yilning 4-11 noyabrь kunlari Pekin shahridagi Qurilish mahsulotlari Akademiyasi va uning joylardagi bo‘linmalari faoliyati bilan tanishdilar.

Mazkur laboratoriyalarda qurilishda ishlatiladigan tsement, oyna, armaturalar va boshqa mahsulotlarning standart talablari asosidagi sinovlari yuzsidan ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Kelgusida bunday laboratoriyalarni “O’zstandart” agentligi bilan hamkorlikda tashkil etish rejalashtirildi.